O‘zbekistonda 30-yilda ilk bor aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

Obuna bo‘lish
Mamlakatdagi so‘nggi aholini ro‘yxatga olish tadbiri 30-yil ilgari 1989-yilda bo‘lib o‘tgan.

TOShKENT, 31-may - Sputnik. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi va BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi bugun 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Jiteli goroda Denau  (Surxandarinskaya oblast) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbeklar boshqa davlatlar aholisiga qaraganda erta qariyapti – tadqiqot

Davra suhbatining maqsadi aholini ro‘yxatga olish rejasini taqdim etish, milliy va xalqaro hamkorlarni hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari haqida xabardor qilish, rivojlanish bo‘yicha hamkorlar tomonidan kelgusi oylar va yillarda qo‘llab-quvvatlashni talab qiladigan sohalarni belgilashdir.

Mamlakatdagi so‘nggi aholini ro‘yxatga olish tadbiri 30-yil ilgari 1989-yilda bo‘lib o‘tgan va 2022-yilda aholini ro‘yxatga olish mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng ilk ro‘yxatga olish bo‘ladi.

Birlashgan Millatlar tashkiloti dunyoning barcha davlatlari 2015-2024-yillarda, 2020-yilda aholi va uy-joy fondining batafsil statistikasini hech bo‘lmaganda bir marta taqdim etishni tavsiya qiladi. O‘zbekiston ham aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazayotgan 227 mamlakatga qo‘shiladi.

Aholini ro‘yxatga olish konsensiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmon prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 5-fevralda imzolangan. Aholini ro‘yxatga olish joriy yilning kuzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonun 1-iyul oyida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0