Rossiya Afg‘onistonga O‘zbekiston orqali “yumshoq” qaytishi mumkin – ekspert

© Sputnik / V. Kiselev / Mediabankka o‘tishSentr Kabula
Sentr Kabula - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Afg‘oniston shimolidagi o‘zbeklarni doimo himoya qilib kelgan.

TOShKENT, 12 noya - Sputnik. O‘zbekiston Afg‘oniston uchun begona emas, Afg‘onistonda ham juda ko‘p o‘zbeklar yashaydi, - deydi maxsus izlanishlar markazi eksperti Igor Nikolaychuk, - Shuning uchun ham O‘zbekiston Afg‘oniston shimolidagi o‘zbeklarni doimo himoya qilib kelgan.

Vid na Moskovskiy mejdunarodniy delovoy sentr Moskva-Siti - Sputnik O‘zbekiston
"Tolibon" Moskvada o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv ishtirokchilari ro‘yxatini e’lon qildi

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda aholi soni bo‘yicha eng yirik mamlakatdir. Shu saba u hududda muhimroq rol uynashni istaydi. O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonida, turli infraqurilma loyihalarida faol ishtirok etish yo‘lini tanlashi va qator tashabbuslar bilan chiqishi – mutlaq to‘g‘ri yo‘ldir.

“Yaqinda Vladimir Putinning O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi doirasida Afg‘oniston masalasi ham muhokama qilingan va Putin Shavkat Mirziyoyevning ushbu yo‘nalishdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa ajab emas. Rossiya esa Afg‘onistonga O‘zbekiston orqali qandaydir ma’noda “yumshoq” qaytishi mumkin”, - deydi ekspert.

Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Afg‘oniston masalasini muhokama qiladi

Buning ustiga oxirgi vaqtlarda Afg‘onistonda Amerikaga qarshi kayfiyatlar oshib bormoqda. Ushbu kayfiyatlar hatto 10-yil oldin AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlab, hukumat boshiga olib kelingan elitalar orasida ham kuchaygan.

Mahalliy aholi ko‘p hollarda Afg‘onistonda sobiq Ittifoq askarlari bo‘lgan davrni hozirgi AQSh boshqaruvidagi vaqt bilan solishtirib, unda oldingi davrlar yaxshi edi degan xulosalarni aytishmoqda. Bundan bilish mumkinki Afg‘oniston, qandaydir ma’noda, Rossiyaning o‘z hududiga qaytishini istaydi.

Ekspert fikriga ko‘ra, o‘tgan haftada “O‘zbekiston - Afg‘oniston – Pokiston” qo‘shma komissiyasining tashkil etilishi ham ushbu yo‘nalishda qo‘yilgan muhim qadamlardan biridir.

Yangiliklar lentasi
0