YeOII a’zolari nafaqa to‘g‘risida yangi shartnoma imzolaydi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishGosudarstvennie flagi stran YeAES
Gosudarstvennie flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi shartnoma - YeOIIga a’zo davlatlar fuqarolari Ittifoqning qaysi davlatida ishlasa o‘sha yerdan nafaqa oladi.  

TOShKENT, 30-may - Sputnik. Yevroosiyo Iqtisodiy  Ittifoqi mehnat stajini o‘zaro tan olish haqida shartnoma imzolaganidan so‘ng, pensiyalar mehnat staji jamlangan mamlakat tomonidan to‘lanadi, deb xabar qildi Mehnat vazirligi matbuot xizmati.

Aleksandr Gusev - Sputnik O‘zbekiston
YeOII 2025-yilga kelib o‘z valyutasiga ega bo‘ladi – ekspert

Bundan oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo komissiyasi Ittifoq hududida jamlangan barcha mehnat stajini hisoblash haqida shartnoma tayyorlanayotganini xabar qilgan edi. Mehnat vaziri Maksim Topilin aytishiga ko‘ra, ushbu shartnoma YeOIIning barcha a’zolari tomonidan imzolanib yil oxiriga qadar ratifikatsiya qilinishi mumkin.

“Shartnoma kuchga kirganidan keyin orttirilgan mehnat staji uchun nafaqa to‘lovi ushbu mehnat staji orttirilgan mamlakat tomonidan to‘lanadi. Davlatlar o‘zaro hamkorlikni elektron ko‘rinishda amalga oshirishadi”, - deyilgan xabarda.

Ushbu shartnoma kuchga kirgunigacha bo‘lgan davrda jamlangan mehnat staji MDH fuqarolarining huquqlarini muhofaza qilish hamda Rossiya va Belorussiya orasidagi shartnomalarga asosan belgilanadi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0