TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Strategik rejalashtirish instituti direktori Aleksandr Gusev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi rivojlanish istiqbollari haqida Sputnik muxbiriga hikoya qilib berdi.
Gusev aytishiga qaraganda bugungi kunda YeOIIning yagona ichki bozori shakllanmoqda. Kelajakda savdo almashinuvining faollashuvi kutilmoqda va 2025-yilga kelib Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining umumiy valyutasini yaratish istiqboli paydo bo‘ladi.
Ushbu jarayon juda jiddiy e’tibor, katta mablag‘ hamda sobiq Itifoq hududidagi mamlakatlarning birgalikda harakat qilishini talab qiladi.
Shuningdek, mutaxassis fikriga ko‘ra 2020-yilga kelib, Yevroosiyo Itifoqi o‘z tarkibiga YeOII, KXShT hamda a’zo mamlakatlar xavfsizlik xizmatlarini qamrab olgan yagona tizim sifatida shakllana boshlaydi.
Kelajakda YeOIIda Moldova, Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ishtirok etishi ijobiy natija keltirgan bo‘lar edi.
Mutaxassis fikriga ko‘ra, kelgusida boltiqbo‘yi mamlakatlari ham YeOII tarkibiga qo‘shilishni so‘rashlari mumkin, chunki ular ayni damda Yevropa Ittifoqi tarkibida ulkan qiyinchiliklarga duch kelmoqda.