"Tez yordam" uchun “propiska” kerak emas – Sog‘liqni saqlash vazirligi

© XSSkoraya pomosh, Tashkent
Skoraya pomosh, Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tez tibbiy xizmat ko‘rsatishda "propiska" bilan bog‘liq masalalarning ro‘kach qilinishi qonunbuzarlik hisoblanadi – SSV.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. Tez yordam xizmatidan foydalanish uchun “propiska” kerak emas deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Xalq so‘zi” nashriga.

Bir necha kun oldin  ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda tez yordam xizmati xodimlari tomonidan bemorlarni “propiska”si yo‘qligini ro‘kach qilib kasalxonaga olib ketishdan voz kechish holatlari qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holatga aniqlik kiritdi:

“Tez tibbiy yordam xizmatining asosiy vazifasi fuqaroning hayotiga xavf tug‘diradigan holatlarda birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishdir. Ushbu tibbiy yordam barcha holatlarda – bemor O‘zbekiston fuqarosimi yoki chet ellik mehmonmi, bundan qat’iy nazar bepul ko‘rsatiladi”, - deyilgan xabarda.  

Xabarda aytilishiga ko‘ra, tez yordam xodimlari chaqiriq qog‘ozida bemorning “ro‘yxatga olingan manzili” grafasi bor. Tez yordam xodimlari faqat “ro‘yxatga olingan manzili” grafasini to‘ldirish uchun “prospiska”  so‘rashi mumkin. 

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda "Tez yordam" shifokori bemorning 24 mln so‘mlik buyumlarini o‘g‘irlab ketdi

“Toshkent shahriga mehmon bo‘lib kelganlar va muayan joyda vaqtinchalik ro‘yxatda turuvchilarga Toshkent shahrida doimiy propiskasi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng tartibda tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Bu masalada qonunchiligimiz insoniylikning shu darajada cho‘qqisiga chiqqanki, hattoki propiska u yoqda tursin, shaxsning fuqaroligi ham tez tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida ahamiyatga ega emas”, - oshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bo‘lim mudiri Nasiba Mahmudova.

Bemorga joyida yordam ko‘rsatilgach, shifoxonaga olib borish talab qilinadigan holatlar mavjud bo‘lsa, Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli hujjatlariga asosan tez tibbiy yordam xodimi bemorni Toshkent shahrida joylashgan shifoxonalarga olib borishi lozim, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi yuridik bo‘limi boshlig‘i Ruslan Muhammadiyev.

Tez tibbiy xizmat ko‘rsatishda propiska bilan bog‘liq masalalarning ro‘kach qilinishi qonunbuzarlik hisoblanadi.

© XSSkoraya pomosh
Tez yordam uchun “propiska” kerak emas – Sog‘liqni saqlash vazirligi - Sputnik O‘zbekiston
Skoraya pomosh
Yangiliklar lentasi
0