TOShKENT, 29-may – Sputnik. O‘zbekiston professional bokschiIsroil Madrimovning navbatdagi jang sanasi va raqibi aniq bo‘ldi.
MOQ xabariga ko‘ra, Madrimov o‘zining uchinchi jangini 8-iyun kuni Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” arenasida o‘tkazadi.
Ushbu boks kechasida Madrimovga meksikalik Norberto Gonsales raqiblik qiladigani. Gonsales shu paytgacha 35-marta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan (13 nokaut) va 12 bor mag‘lubiyatga uchragan.
Isroil Madrimov esa profi ringda ikki marotaba jang o‘tkazib, ularning har ikkisida ham raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan.