Isroil Madrimov venesuelalik raqibini nokautga uchratdi - video

© NOK UzbekistanaIsroil Madrimov
Isroil Madrimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov AQShning Nyu-York shahrida tashkil qilingan boks kechasida o‘zining yana bir g‘alabasini tantana qildi.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov AQShning Nyu-York shahrida tashkil qilingan boks kechasida o‘zining yana bir g‘alabasini tantana qildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.

Isroil Madrimov - Sputnik O‘zbekiston
Isroil Madrimovning navbatdagi jangi va raqibi ma’lum

Venesuelalik bokschi Frenk Roxasga qarshi bahs kutilganidan ham erta yakunlandi. 10 raundga mo‘ljallangan jangning ikkinchi raundida Isroil ajoyib zarbasi bilan nokautchi raqibini yerga qulatdi. Bu g‘alabadan keyin o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov WBA yo‘nalishida o‘z reyting pog‘onasini ham sezilarli ravishda yaxshilab oladi. Isroil Madrimov ayni paytda WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon reytingining to‘qqizinchi pog‘onasida turibdi.

Shu tariqa Isroil Madrimov o‘tkazgan ikkita jangida ham raqiblarini nokaut evaziga dog‘da qoldirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Madrimov birinchi jangida meksikalik Vladimir Ernandes ustidan g‘alaba qozonib, WBA Intercontinental kamariga ega chiqqan.

Yangiliklar lentasi
0