https://oz.sputniknews.uz/20190529/-Sokhta-bankrotlik-uchun-zharima-midori-oshirildi-11632205.html
Oʻzbekistonda soxta bankrotlik uchun jarima miqdori oshirildi
Oʻzbekistonda soxta bankrotlik uchun jarima miqdori oshirildi
Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish, qasddan bankrotlikka olib kelish uchun jarima miqdori eng kam oylik ish haqining 150 baravaridan (30 mln 409 ming 500... 29.05.2019, Sputnik Oʻzbekiston
2019-05-29T11:48+0500
2019-05-29T11:48+0500
2019-05-29T11:53+0500
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2019
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yangiliklar
Oʻzbekistonda soxta bankrotlik uchun jarima miqdori oshirildi
11:48 29.05.2019 (yangilandi: 11:53 29.05.2019) Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish, qasddan bankrotlikka olib kelish uchun jarima miqdori eng kam oylik ish haqining 150 baravaridan (30 mln 409 ming 500 soʻmdan) 250 baravarigacha (50 mln 682 ming 500 soʻmgacha) oshirildi.
TOSHKENT, 29 may – Sputnik. Oʻzbekistonda soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish, qasddan bankrotlikka olib kelish uchun jarima miqdori oshirildi.
Bu prezident imzolagan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunda nazarda tutilgan.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish, qasddan bankrotlikka olib kelish uchun jarima miqdori eng kam oylik ish haqining 150 baravaridan (30 mln 409 ming 500 soʻmdan) 250 baravarigacha (50 mln 682 ming 500 soʻmgacha) oshirildi.
Ilgari bu miqdor eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan (20 mln 273 ming soʻmdan) 200 baravarigacha (40 mln 546 ming soʻmgacha) edi.
Mazkur jinoyatlar uchun endilikda muayyan huquqdan mahrum qilish (yaʼni tadbirkorlik bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish) jazosi qoʻllanilmaydi.
Mazkur oʻzgartirishlar 3 oydan soʻng kuchga kiradi.