O‘zbekistonda bankrot deb topish to‘g‘risidagi tartib to‘liq o‘zgardi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda davlat soliq xizmati organlari soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli ijro hujjatlari qaytarilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi

TOShKENT, 2 fev - Sputnik. O‘zbekistonda bankrotlik tartibini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston prezidenti qarori tasdiqlandi.

Proizvodstvo xolodilnikov - Sputnik O‘zbekiston
"Sino" xolodilnik zavodi bankrot bo‘ldi

2019 yil 1-iyuldan quyidagi tartibni o‘rnatiladi:

davlat soliq xizmati organlari soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli ijro hujjatlari qaytarilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;

bankrotlik to‘g‘risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar summasi eng kam ish haqi miqdorining kamida uch yuz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa eng kam ish haqi miqdorining kamida yigirma karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin;

tugatishga doir ish yuritish muddati to‘qqiz oydan oshmasligi lozim, alohida hollarda ushbu muddat bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning iltimosnomasiga asosan sud qarori bilan uch oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin;

benefitsiar va affillangan shaxslarning birgalikdagi xatti-harakatlari oqibatida soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari aniqlanganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi mazkur shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda subsidiar javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi;

bankrotlik taomillari qo‘llanilgan qarzdorlarning mol-mulki sud boshqaruvchilari tomonidan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali sotiladi.

Yangiliklar lentasi
0