Nuriddinov London Olimpiadasida antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi

© GOH Chai Hin / AFPUzbekskiy tajeloatlet Ruslan Nurudinov
Uzbekskiy tajeloatlet Ruslan Nurudinov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Ruslan Nuriddinov qayta o‘tkazilgan doping tekshiruvida ijobiy natija sababli og‘ir atletikadan chetlashtirilgan edi.

TOShKENT, 28-may - Sputnik. Sport arbitraj sudining (CAS ADD) Dopingga qarshi kurash bo‘limi O‘zbekiston vakili Ruslan Nuriddinovni 2012-yilgi London Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalarda antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topdi. Bu haqda sud saytida xabar qilindi.

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) dekabr oyida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tomonidan sportchilarning doping namunalari qayta tekshirilganidan so‘ng Ruslan Nuriddinov chetlashtirilgani to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.

Uzbekskiy tajeloatlet Ruslan Nurudinov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik Ruslan Nuriddinov doping sababli og‘ir atletikadan chetlashtirildi

Xabarda ta’kidlanishicha, Nuriddinovning tahlil namunasida degidroxlormetiltestosteron moddasi  aniqlangan.

Aprel oyida XOQ ishni CAS’ning dopingga qarshi kurashish bo‘limiga ko‘rib chiqish uchun topshirdi. Ishni ko‘rib chiqqan mutaxassis sportchi antidoping qoidalarini buzgan, degan xulosa keldi va uning Londondagi o‘yinlarda qayd etgan natijasini bekor qildi.

Ta’kidlanishicha, ish keyingi surishtiruv ishlarini amalga oshirish uchun IWF’ga topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik Ruslan Nuriddinov London Olimpiadasida 105 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. Rio-de-Janeyrodagi o‘yinlarda esa u oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Yangiliklar lentasi
0