O‘zbekistonlik Ruslan Nuriddinov doping sababli og‘ir atletikadan chetlashtirildi

© Yuri CORTEZ / AFPUzbekskiy tajeloatlet Ruslan Nurudinov
Uzbekskiy tajeloatlet Ruslan Nurudinov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Og‘ir atletikachi Nuriddinovdan olingan tahlillar Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan qayta o‘tkazilgan doping tekshiruvida ijobiy natija bergan.

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. 2012-yilgi London Olimpiadasida ishtirok etgan besh nafar og‘ir atletikachidan olingan tahlillar Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan qayta o‘tkazilgan doping tekshiruvida ijobiy natija bergan. Bu haqda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmatiga xabar qildi.

Uzbekskiy tajeloatlet Ruslan Nurudinov - Sputnik O‘zbekiston
Osiyo o‘yinlari kundaligi: Ruslan Nuriddinov jamoaga 6 - oltin medalni olib keldi

Qayd etilishicha, doping testiga ijobiy reaksiya bergan namunalardan biri o‘sha musobaqada 105 kg vazn toifasida to‘rtinchi o‘rinni olgan o‘zbekistonlik Ruslan Nuriddinovga tegishli.

Undan tashqari, 2012-yilgi olimpiya o‘yinlarining chempioni ukrainalik Aleksey Toroxtiy, ozarbayjonlik Valentin Xristov, shuningdek beloruslik Nikolay Novichkov va armanistonlik Melin Daluzan ham ro‘yxatda bor.

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi ushbu besh sportchini vaqtinchalik faoliyatdan chetlashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0