Avtosanoat, muhofaza va yadro tibbiyot: Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan hujjatlar

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPodpisanie dokumentov mejdu FRG i Uzbekistanom
Podpisanie dokumentov mejdu FRG i Uzbekistanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Germaniya muzokaralari yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi o‘tkazildi.

TOShKENT, 28-may – Sputnik. O‘zbekiston va Germaniya muzokaralari yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Vizit Prezidenta Federativnoy Respubliki Germaniya Frank-Valtera Shtaynmayera  - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boshlandi

O‘zaro hamkorlikka doir hujjatlar imzolash marosimida quyidagi hujjatlar imzolandi:

- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar bayonnomasi;

-“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bilan “Folsvagen Grup Rus” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim;

- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan Germaniya Federativ Respublikasi Atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish va yadro xavfsizligi vazirligi o‘rtasida gaz chiqindilarini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish sohasida hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya;

- O‘zbekiston Respublikasi Huqumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida axborot almashish va o‘zaro muhofaza qilish to‘g‘risida bitim;

- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan “Integra kompaniyasi” o‘rtasida “Vamed Engineering” kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkentda  Yadro tibbiyot va nur terapiyasi  markazini tashkil etish to‘g‘risida bitim.

Eslatib o‘tamiz, Frank-Valter Shtaynmayer kecha 27-may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Toshketga kelgan edi. 
Ko‘ksaroyda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi.

Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng ikki davlat prezidentlarining tor va keng doiradagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0