TOShKENT, 28-may – Sputnik. Ko‘ksaroyda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni rasmiy kutib olish marosimi boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ayni damda Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Marosimda ikki mamlakat hukumat vakillari, xorijiy mamlakatlar elchilari ishtirok etmoqda. Germaniya prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortgan.
Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng ikki davlat prezidentlarining tor va keng doiradagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Frank-Valter Shtaynmayer kecha 27-may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Toshketga kelgan edi.