Nursulton Nazarboyev yana bir umrbod maqomga ega bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishPatriarx Kirill vruchil orden Sergiya Radonejskogo prezidentu Kazaxstana N. Nazarbayevu
Patriarx Kirill vruchil orden Sergiya Radonejskogo prezidentu Kazaxstana N. Nazarbayevu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nazarboyevga bunday maqom taqdim etilishi uning turk dunyosini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi bilan izohlandi.

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga umrbod Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi faxriy raisi maqomi berildi.

Bu haqda uning Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashuvi davomida ma’lum bo‘ldi, deya xabar qildi Oqo‘rda matbuot xizmati.

Plenarnoe zasedanie Na poroge novoy ekonomicheskoy realnosti v ramkax PMEF - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev Qozog‘istonda siyosiy raqobat borligini aytdi

Nazarboyevning 24-may kuni bo‘lib o‘tgan Chavusho‘g‘li bilan uchrashuvida Qozog‘istonning birinchi prezidenti ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni saqlab qolish va yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi.

Suhbat davomida tomonlar xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.

Mavlud Chavusho‘g‘li Nursulton Nazarboyevga turk olami davlatlari rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Turkiy tilli davlatlar kengashining bir umrlik faxriy raisi” maqomi berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ma’lum qildi.

Turkiya TIV vaziri prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on nomidan Nazarboyevni yaqin orada Turkiyaga tashrif buyurishga taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston senati qabul qilgan “Qozog‘iston Respublikasi Xavfsizlik kengashi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, Nursulton Nazarboyev o‘z mamlakati Xavfsizlik kengashiga umrbod rahbarlik qilish maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0