Eron qo‘shni davlatlarni hujum qilmaslik shartnomasi imzolashga chaqirdi

Obuna bo‘lish
AQShning Fors ko‘rfaziga 1500 nafar askar jo‘natishga javoban Eron, qo‘shni davlatlarga bir-biriga hujum qilmaslik haqida shartnoma imzolashni taklif qildi.

TOShKENT, 27-may – Sputnik. Eron Fors ko‘rfazi mamlakatlariga o‘zaro hujum qilmaslik shartnomasi imzolashni taklif qildi, RIA Novosti xabariga asosan. 

Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif aytishiga qaraganda, Tehronning ushbu tashabbusi hududda barqarorlik o‘rnatishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, may oyining boshida BAAda Saudiya neft tankerlariga hamda neft quvurlariga noma’lum shaxslar tomonidan hujumlar uyushtirilgan edi. Keyinroq AQSh hukumati ushbu hujumlarda Eron qo‘li bor deb xabar tarqatdi. Saudiya qiroli Arab mamlakatlari rahbarlarining favqulodda majlisini chaqirgan edi. 24-may kuni esa AQSh Fors ko‘rfaziga 1500 nafar harbiylarni olib kelishini e’lon qildi.

Amerikanskie bronetransporteri - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Eron bilan urush boshlashga tayyor

Ekspertlar fikriga ko‘ra, AQSh Eronga qanchalik po‘pisa qilmasin, Fors ko‘rfaziga harbiy kemalarini keltirmasin – Eron bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jang qilishni istamaydi. AQSh birovlar qo‘li bilan, ushbu holda arab mamlakatlari qo‘li bilan Eronga  zarba berishni istaydi.

Aynan shu sababli Eronning ushbu tashabbusi o‘rinli va to‘g‘ri qadamdir. Bu bilan Tehron birinchidan – o‘zining tinchlik tarafdori ekanini ko‘rsatdi, ikkinchidan esa Iroq va Qatar kabi mamlakatlar ushbu shartnomani imzolab, Eronning ittifoqchisiga aylanishlari mumkin. Kelajakda esa, ushbu shartnomani BAA va Ummon ham qo‘llab-quvvatlashi mumkin.  

Yangiliklar lentasi
0