AQSh Eron bilan urush boshlashga tayyor

© Sputnik / Oksana Djadan / Mediabankka o‘tishAmerikanskie bronetransporteri
Amerikanskie bronetransporteri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi harbiy reja Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton boshchiligidagi "qirg‘iylar" bosimi ostida qabul qilingan

TOShKENT, 14-may - Sputnik. Pentagon Eronga qarshi turish uchun 120 ming harbiylarni yuborishga tayyor, deb xabar qilmoqda dunyo OAVlari.

AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajarauvchi Patrik Shanaxan taqdim etgan yangilangan harbiy rejaga ko‘ra agar Eron yadro qurolini ishlab chiqarishni tezlashtirsa yoki amerika harbiylariga hujum qilsa, AQSh 120 ming nafar harbiy xizmatchilarni Yaqin Sharqqa yuborishi mumkin.

Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Rouxani, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
Eron yadroviy bitim bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatdi

Bu haqda New York Times nashri yangi reja bilan tanish, milliy xavfsizlik uchun mas’ul bir necha amerika mansabdorlariga tayanib xabar bermoqda.

Nashr yozishicha, Shanaxan ushbu rejani AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha bosh yordamchilari uchrashuvida, 9-may kuni taqdim etgan.

Yangi reja Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton boshchiligidagi "qirg‘iylar" bosimi ostida qabul qilingan, deb qo‘shimcha nashr.

Shu bilan birga, yangilangan reja Eronga qarshi quruqlikda o‘tadigan operatsiyani nazarda tutmaydi. Buning uchun ko‘proq qo‘shin kerak bo‘lar edi. Eslatib o‘tamiz, AQSh ilgariroq Eron tomonidan tahdidlar keskin o‘sganini va shu munosabat bilan ushbu mintaqaga aviatashuvchilar guruhi va strategik bombardimon samoletlarni yuborgan edi.

Yangiliklar lentasi
0