Moskvalik ruhshunos yoshi kattalarga joy bermaslikka chaqirdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishPassajiri v vagone na stansii londonskogo metro
Passajiri v vagone na stansii londonskogo metro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qariyalarni diskriminatsiya qilmaslik uchun transportda ularga joy bermang – psixiolog maslahati...

TOShKENT, 26-may – Sputnik. Moskvalik psixiolog Lyutsiya Suleymanovaning fikriga ko‘ra, jamoat transportida yoshi kattalarga joy berish haqida, doimo eshittiriladigan e’lonlar, hammaning joniga tekkan va u pensionerlarni yoshiga qarab diskriminatsiya qilishga olib keladi.

“Bunday e’lonlar yoshlarda faqat ranjish tuyg‘usi uyg‘otadi. Ular hech qanday hurmat his qilmasdan joylarini bo‘shatib berishadi. Yoshi kattalar esa ularni hurmat qilmayotganlarini ko‘rib janjal qilishadi”, - deydi psixiolog, “Moskva 24” telekanali efirida.

Ushbu dastur efirga uzatilganidan so‘ng, ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Turli jamoat arboblari, boshqa ruhshunoslar bir ovozdan – qariyalarga joy berish kerak, degan fikr bilan chiqishdi.

Avtobus v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda jamoat transporti yo‘lovchilarga bepul xizmat qilmoqda

Turli yoshdagi jamoatchilik va yoshi kattalar orasida o‘tkazilgan so‘rovlarga ham buning aksini ko‘rsatdi. Qariyalar ularga joy berishganda o‘zlarini kamsitilgan deb hisoblamasliklarini, aksincha ularga hurmat bildirilayotganini ma’lum qilishdi.

O‘rta yosh fuqarolar yoshlarning quloqlariga “naushnik” tiqib olib o‘zlarini hech narsa ko‘rmagandek tutishlari, ularning tarbiyasi buzilib borayotganidan darak berishini xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning mart oyida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev yoshi katta va nogironligi bo‘lgan mijozlarga xizmat ko‘rsatishdan voz kechgan tashkilotlarga qarshi ma’muriy choralar qo‘llash kerakligi haqid qonun qabul qilishni taklif qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0