Tramp to‘rt kunlik tashrif bilan Yaponiyaga keldi

Obuna bo‘lish
Tramp bilan birga Tokioga uning rafiqasi Melaniya ham kelgan.

TOShKENT, 25-may - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp shanba kuni to‘rt kunlik tashrif bilan Yaponiyaga yetib keldi. Bu haqda NHK telekanalida Tokiodagi Xaneda aeroportidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya namoyish etildi.

Yaponiya imperatori Akixito - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Yaponiya hukumati imperatorning taxtdan voz kechishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Tramp bilan birga Tokioga uning rafiqasi Melaniya ham kelgan.

Tashrif davomida Tramp imperator Naruxito va bosh vazir Sindzo Abe bilan uchrashadi, sumo bo‘yicha uchrashuvni tomosha qiladi, amerika harbiy bazasiga boradi. Shuningdek, an’anaviy yapon restoranida turli tansiq taomlarni totib ko‘radi. "Robatayaki" restoranlarida taomlarning barchasi tashrif buyuruvchilar ko‘z o‘ngida ko‘mir ustida tayyorlanadi.

Tramp "xrizantema taxti"ni imperator Naruxito egallaganidan buyon birinchi rasmiy mehmon bo‘ldi. Imperatorni taxtga chiqarish marosimi 1-may kuni bo‘lib o‘tdi va aynan shu sanadan Yaponiyada imperator Naruxito hukmronligi davri boshlandi. Bu davr Reyva davri deb nom oldi.

Eslatib o‘tamiz, Amerika rasmiylari AQSh prezidentlarining Yaponiya imperatori tomonidan qabul qilinishini o‘zlariga ko‘rsatilayotgan "katta hurmat" timsolida ko‘rsatishni xush ko‘radilar.

Yaponiya imperatori — davlat va xalq birligi timsoli bo‘lib, faqat ramziy davlat rahbari hisoblanadi. Yaponiyada davlat tizimi Konstitutsion monarxiya hisoblanadi. Davlat boshqaruvi va barcha muhim qarorlar Bosh vazir va parlament tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0