OAV: Yaponiya hukumati imperatorning taxtdan voz kechishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

© AFP / TORU YAMANAKAYaponiya imperatori Akixito
Yaponiya imperatori Akixito - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarlarga ko‘ra, monarxning atrofidagilar u taxtni 2018-yilga qadar egallashiga umid bildirmoqdalar

TOShKENT, 18 okt — Sputnik, Ivan Zaxarchenko. Yaponiya hukumati imperator Akixitoning taxtdan voz kechishi uchun maxsus qonunchilik loyihasini tayyorlashni rejalashtirmoqda, bu haqda Kiodo axborot agentligiga tayangan holda RIA Novosti xabar qilgan.

Tokiodagi hukumat binosi. Yaponiya - Sputnik O‘zbekiston
23 mingdan ziyod yaponlar imperatorni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashdi
Agentlik xabariga muvofiq, monarxning atrofidagilar Akixito taxtni 2018-yilga qadar egallashiga umid bildirmoqdalar.

Joriy yilning avgust oyida 82 yashar Akixito xalqqa oynai-jahon orqali murojaat qilib, sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli davlatchilik "ramzi" rolini bajaraolmay qolgani sababli, o‘zining "xrizantemali taxtidan" voz kechish istagini bildirgan edi.

Shu munosabat bilan, 17-oktabrdan Tokioda maxsus komissiya ishga tushdi, deb yozadi nashr. Xabarda aytilishicha, maxsus komissiya mazkur muammoni hal etishning bir necha yo‘llarini topishga harakat qiladi, sababi, Yaponiyaning amaldagi qonunchiligida imperatorning taxtdan voz kechishi mumkinligini nazarda tutmaydi.

Sal oldin berilgan xabarga ko‘ra, mamlakat hukumati imperator oilasi to‘g‘risidagi qonunga Akixitoga istisno tarzida "xrizantemali taxtdan" voz kechishga imkon beruvchi qonunchilik loyihasini taklif etish niyatida.

Akixito 1989-yilda taxtga o‘tirgan edi. U tojni topshirsa, 56 yoshli shahzoda Naruxito taxtga chiqadi.

Yangiliklar lentasi
0