O‘zbekistonda “militsiya” butunlay o‘tmishda qoladi

© Press-slujba GUVD TashkentaSotrudniki OVD №7 v Yunusabadskom rayone Tashkenta
Sotrudniki OVD №7 v Yunusabadskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston qonunchiligidan “militsiya” atamasi chiqarib tashlandi.

TOShKENT, 24-may – Sputnik. O‘zbekiston qonunchiligidan "militsiya" atamasi chiqarib tashlandi.

Bu "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunda nazarda tutilgan.

O‘zbek militsiyasining kechasi va buguni

Endilikda bir nechta muhim hujjatlarda "Militsiya xodimi" degan so‘zlar "Ichki ishlar organlari xodimi" iborasi bilan almashtirildi.

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov 2017-yilda O‘zbekistonda  "militsiya" atamasi allaqachon o‘tmishda qolib ketgani va hozirda O‘zbekistonda faqatgina "ichki ishlar organlari" va "ichki ishlar organlari xodimi" atamalari mavjudligini ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, Sputnik muxbiri "o‘zbek militsiyasi" deyishning o‘zi g‘alati ekanligi, "militsiya" so‘zi ishlatilmayotgani hamda rasmiy muomaladan chiqarilganini 2016-yilda yozgan maqolasida bayon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0