Jabarov: "Skripal ishi" mojarosi Meyning karyerasiga nuqta qo‘yishi mumkin

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPerviy zamestitel predsedatelya komiteta Soveta Federatsii RF po mejdunarodnim delam Vladimir Djabarov
Perviy zamestitel predsedatelya komiteta Soveta Federatsii RF po mejdunarodnim delam Vladimir Djabarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Agar bu britaniyaning ichki janjali bo‘lganida mayli edi, lekin Tereza Mey bunga AQShni ham, Yevropani ham jalb qildi. Bu uning karyerasiga nuqta qo‘yishi mumkin", - deydi Jabarov

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Yangi tafsilotlar ochiqlangan "Skripal ishi" surishtiruvi bilan bog‘liq janjallar Buyuk Britaniya Boshvaziri Tereza Meyning karyerasiga yakun yasashi mumkin, deb ta’kidladi RIA Novostiga FSB generali, Rossiya Federatsiya Kengashining xalqaro qo‘mitasi rahbari birinchi o‘rinbosari Vladimir Jabarov.

Natsionalniy flag Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy "Skripal ishi" tufayli sovuq urush fikrlaridan voz kechishga chaqirdi
Ilgariroq Britaniya Mudofaa vazirligi mahfiy laboratoriyasi rahbari Sky Newsga bergan intervyusida ekspertlar Britaniya tomon ta’kidlayotgani kabi, sobiq Razvedka Bosh boshqarmasi, britaniyalik josus Skripal va uning qizini zaharlashda ishlatilgan "Novichok" moddasining kelib chiqishi manbasini aniqlashtira olmaganliklarini aytdi.

Shundan so‘ng Buyuk Britaniya TIV britaniya tomonga ishlagan sobiq polkovnik Sergey Skripalning zaharlanishida Rossiya tomonning aybdorligi haqida xulosa Rossiya kimoviy qurolni qotilliklarga ishlatish imkonini qidirayotganini, va razvedka xizmatining sobiq xodimlari bu uchun nishon sifatida to‘liq mos kelishlari haqidagi axborotlarga tayangan holda chiqarilganini ma’lum qilgan edi.

"Agar bu britaniyaning ichki janjali bo‘lganida mayli edi, lekin Tereza Mey bunga AQShni ham, Yevropani ham jalb qildi. Bu uning karyerasiga nuqta qo‘yishi mumkin", — dedi Jabarov.

Jabarovning fikricha, leyboristlar Vazirlar Mahkamasi rahbarining iste’fosini talab qilishlari mumkin, konservatorlar uchun esa Solsberidagi hodisa ular o‘zlari shakllantirgan katta muammoga aylanmoqda.

"Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson yoki Bosh vaziri bu vaziyatdan qanday chiqishlarini va to‘kilib borayotgan surishtiruv doirasida Yevropa qanday yuzini saqlab qolishini tomosha qilamiz", — deb ta’kidladi u.

Britanskiy flag na fone Big-Bena v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Hammasi "Novichok" tufayli: Britaniya Rossiya bilan munosabatlarni to‘xtatmoqda
Jabarovning fikricha, Rossiya ushbu holatda birinchi o‘rinda kechirim talab qilishi, shuningdek, gap Rossiya fuqarolari borasida ketayotgan ekan va Skripal va uning qizi zaharlanishi hodisasida o‘tkazilayotgan surishtiruv ishlarida ishtirok etishni talab qilishi kerak. Bundan tashqari, Rossiya tomon ish materiallaritanishib chiqish imkoniyatini taqdim etishlarida qat’iy turishi lozim, deydi parlamentariy.

"Yevropa uchun bu yana bir dars, AQSh va Buyuk Britaniya ta’sirida ish qishil kerakmas, mustaqil bo‘lish kerak", — deb ta’kidladi Jabarov.

To‘rtinchi mart kuni Britaniyaning Solsberi shaharchasida britaniyalik josus Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi. Britaniya tomon A234 moddasi bilan zaharlangan Skripallar ishiga Rossiya davlatining aloqadorligini ta’kidlab kelmoqda, Moskva esa buni keskin rad etmoqda.

Yevropaning qator mamlakatlari, shu jumladan Fransiya, Germaniya va Polsha, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Ukraina, Moldaviya, hamda AQSh va Kanada Skripal ishi tufayli 100 dan ziyod rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish qarorini qabul qildilar.

Yangiliklar lentasi
0