Maosh va jinsiy zo‘ravonlik: AQShda McDonald's ishchilari norozilik aksiyasini o‘tkazdi

© Fotolia / Photographee.euSeksualnoe domogatelstvo
Seksualnoe domogatelstvo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikaning 13 ta shaharlarida McDonald's kompaniyasining yuzlab xodimlari ish joylarini tashlab ketishdi.

TOShKENT, 24-may – Sputnik. AQShning bir necha shaharlarida McDonald's restoranlarining yuzlab xodimlari payshanba kuni ishga chiqmadi.

Ular maosh kamligi, xavfsiz bo‘lmagan ish sharoitlari va jinsiy zo‘ravonlikka qarshi norozilik namoiyshlarini uyushtirishdi. Bu haqda RIA Novosti Wall Street Journal asosan xabar qildi.

Devushka stoit u okna - Sputnik O‘zbekiston
Minglab qizlarning intim suratlari internetda ochiq tarzda paydo bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, Amerikaning 13 ta shaharlarida yuzlab McDonald's xodimlari ish joylarini tashlab ketishdi.

Norozilik aksiyasi tufayli Missuri  shtatining Sent-Luis shahrida 10 ta restoran yopildi. Eng katta norozilik tadbiri Ayova shahrida o‘tkazildi.

Xodimlar McDonald's kompaniyasi rahbariyatidan oyliklarni ko‘tarish, jinsiy zo‘ravonliklarni oldini olish bo‘yicha xodimlarga keskin choralar ko‘rilishini talab qildi.

Bundan avval NBC telekanali McDonald's restoranlari xodimlari zo‘ravonlikka duch kelgani haqida xabar qilgandi.

McDonald's 25 nafar xodimi o‘z hamkasblariga nisbatan ayblovlarni bildirdi. Xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning hazil sifatida qabul qilinib, rad etildi. Boshqalar esa ish vaqtini qisqartirish yoki “ishdan bo‘shatish” holatlariga duch kelishdi.

Yangiliklar lentasi
0