Eron TIV rahbari Trampni "terrorchi" deb atadi

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka o‘tishMeropriyatiya v Parije v chest 100-letiya okonchaniya I mirovoy voyni
Meropriyatiya v Parije v chest 100-letiya okonchaniya I mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron TIV rahbari, shuningdek, amerika prezidenti o‘z bayonotlari bilan tarixni bilmasligini oshkor qilib qo‘yganini qo‘shimcha qilgan

TOShKENT, 24-may – Sputnik. "AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning "kuni bitishiga" hech qachon guvoh bo‘lmaydi", deya bayonot qildi Eron TIV rahbari Muhammad Jovad Zarif.

Amerikanskie bronetransporteri - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Eron bilan urush boshlashga tayyor

Ilgariroq, AQSh prezidenti Donald Tramp agar Eron Amerika bilan bellashishga qaror qilsa yoki Qo‘shma Shtatlarga po‘pisa qilsa, u tez orada "tugashi"ni bashorat qilgan va Tehronga hech qachon bunday qilmaslikni maslahat bergan edi.

"U (Tramp - tahr.) bir necha kun oldin Eronning kuni bitgani haqida bashorat qilgan edi, biroq Eron Trampning kuni bitishini tomosha qiladi, u hech qachon Eron tamom bo‘lishini ko‘rmaydi", - dedi Zarif.

Siyosatchining chiqishi tasvirlangan video Eron TIV saytida e’lon qilingan.

Eron TIV rahbari, shuningdek, amerika prezidenti o‘z bayonotlari bilan tarixni bilmasligini oshkor qilib qo‘yganini qo‘shimcha qilgan.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Eronga “ulkan kuch” bilan po‘pisa qildi

Zarif Trampni Eronga iqtisodiy bosim o‘tkazish va siyosiy hissiyotlarini xiralik bilan yopishtirish orqali "iqtisodiy terror" bilan shug‘ullanayotgan "terrorchi" deb atagan.

Eron atrofida vaziyat o‘tkir tus olgach, AQSh Fors qo‘ltig‘ida kamida yettita harbiy kemalarni joyladi va bu hududga Patriot zenit-raketa majmuasini olib kelib, o‘rnatdi. Pentagon ushbu harakatlarga izoh berar ekan, "Eronning AQSh kuchlariga qarshi bosqinchilik operatsiyasiga tayyorligi darajasi oshib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanayotgani va shu tufayli AQSh o‘z xalqi manfaatlarini himoya qilayotganini" ma’lum qilgan edi. Tramp Eron bilan urush boshlanishining oldini olishga umidvorligini bildirgan bo‘lsa, Eron oliy yetakchisi Ali Humayni Eron AQSh bilan urush olib borishni istamasligini, ammo Vashingtonga qarshilik ko‘rsatishda davom etishini aytgan edi.

Yangiliklar lentasi
0