TOShKENT, 23-may – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi YPX nozirlari uchun tan-kameralari (body-camera) yetkazib beruvchi kompaniyani tanladi, deb xabar qilmoqda IIV.
Dastlabki bosqichda IIV 15 ta xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini o‘rganib chiqib ulardan 6 tasini tanlab oldi. Bular Anico Kft, Infinecom LLC, SecureHouse, PolyTechnologies, Des Ltd, "Uzelektroapparat-Elektroshit" kompaniyalari mahsulotlari edi.
Ish sharoitida sinovdan o‘tkazilganidan so‘z Ichki ishlar vazirligi shtab-kvartirasi AQShda bo‘lgan Infinecom LLC kompaniyasi mahsulotini tanlab oldi. Ushbu kompaniya O‘zbekiston huquqni saqlash organlariga tana kameralari, ma’lumotni saqlash tizimi va Toshkent IIBB monitoring markazi uchun uskunalar yetkazib beradi.
YXP xodimlari doimiy taqib yuradigan ushbu kameralar axborotni yozib olish, saqlash, audio va video materiallarni saqlash hamda favqulodda vaziyatda yordam chaqirish uchun “trevoga” tugmachasiga ega bo‘ladi.
Dispetcher esa, YPX naradlari turgan joyini aniqlash, kameraga onlayn tartibda ulanish hamda xodimlar faoliyatini nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Kameralarga yozib olingan materiallarni o‘chirish yoki ularni o‘zgartirishning iloji yo‘q.
Inspektorlar xizmat vaqtida kameralarni faqat 5 daqiqa hamda tushliq vaqtida yechish huquqiga ega bo‘ladi. Barcha yozib olingan videolar maxsus serverlarda 1 oy davomida saqlanadi.
Infinecom LLC kompaniyasining bosh ofisi AQShning Tennesi shtati Kollervill shahrida joylashgan. Uning vakolatxonalari Singapur va O‘zbekistonda bor. Kompaniya 2011-yilda tashkil qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yil boshida Shavkat Mirziyoyev yo‘l-patrul xizmati xodimlarini kameralar bilan jihozlash haqida topshiriq bergan edi.