Toshkentda yo‘l nozirlari yon kameralarni sinovdan o‘tkazmoqda

© Foto: GUVD TashkentaGUVD goroda Tashkenta pristupilo k testirovaniyu tak nazivayemix «body camer»
GUVD goroda Tashkenta pristupilo k testirovaniyu tak nazivayemix «body camer» - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YPX xodimlarining kunlik ish faoliyati, haydovchilar bilan o‘zaro muloqotini uzuluksiz yozib boradigan “body camera”lar sinovdan o‘tkazilmoqda.

TOShKENT, 30-may – Sputnik. Toshkent shahar IIBB yo‘l nozirlari faoliyatini nazorat qilish uchun yon kameralarni sinovdan o‘tkazmoqda, IIBB xabariga asosan.

Videoqayd kamerasi post-patrul xizmati xodimining kiyimiga o‘rnatiladi va atrofda bo‘layotgan voqealarni yozib boradi. Bunday kameralardan foydalanganda guvohlar kerak bo‘lmaydi.

Ushbu videokamera xodimning kunlik ish faoliyati, haydovchilar bilan o‘zaro muloqotini uzuluksiz yozib boradi. Kameralar yagona boshqaruv tizimiga ulangan bo‘lib, markaziy apparat tomonidan boshqariladi.

YPX xodimi kamera yozuvini to‘xtatib qo‘ya olmasligi, qayd etilgan tasvirni o‘chira olmasligi – tizimda korrupsiyaning oldini olishga, adolatli chora-tadbirlar ko‘rishga yordam beradi.

Ushbu zamonaviy uskuna sinovdan o‘tgan taqdirda ulardan sohada keng foydalanish ko‘zda tutilgan.

© GUVD g. TashkentaTashkentskie inspektora DPS testiruyut natelnie kameri
Toshkentda yo‘l nozirlari yon kameralarni sinovdan o‘tkazmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Tashkentskie inspektora DPS testiruyut natelnie kameri
Yangiliklar lentasi
0