Rahmon qariyb 100 nafar mahbusni afv etishdan bosh tortdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahbuslar iltimosnomasi ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasi tufayli rad etilgan.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan 99 nafar shaxsni afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomalarini rad qildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston TojikTAga tayanib xabar qilmoqda.

Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
“Nega mening farzandlarim nomidan gapirasan?”: Rahmon yolg‘onchi amaldorni sharmanda qildi

Tojikiston Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu shaxslarning iltimosnomalari ko‘rib chiqqilgandan so‘ng ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasi tufayli rad etilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, mahkumlarning shaxsi, yetkazilgan zarar miqdori, qamoqxonalardagi xulq-atvori va Tojikiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari bo‘yicha maxsus komissiya taqdimnomasi ham inobatga olingan.

Emomali Rahmon Bojxona va Milliy bank rahbariyatini jazoladi

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni kechasi Tojikistonning Vahdat shahrida joylashgan qattiq tartibli qamoqxonada mahbuslar ison ko‘tarishdi. Ison oqibatida 3 nafar qo‘riqchi va 29 nafar mahbus o‘ldirildi. Koloniyada jami 1500 nafar mahbus saqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0