“Nega mening farzandlarim nomidan gapirasan?”: Rahmon yolg‘onchi amaldorni sharmanda qildi

Obuna bo‘lish
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon moliya, bank, bojxona va soliq xodimlari bilan bo‘lgan yig‘ilishda bojxona xizmati xodimini so‘roq qilib, uning yolg‘onchi ekanligini fosh qildi. Barchaning oldida sharmanda qilib, ishdan bo‘shatdi.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon moliya, bank, bojxona va soliq xodimlari bilan bo‘lgan yig‘ilishda bojxona xizmati xodimini so‘roq qilib, uning yolg‘onchi ekanligini fosh qildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Prezidentning mazkur bojxona xodimi qilgan suhbati “Tojikiston” markaziy davlat telekanali orqali efirga uzatildi.

Rahmon amaldorni mikrofon qarshisiga chorlab, quyidagi savollarni beradi:

Emomali Rahmon: Necha yildan beri ishlayapsan?

Bojxonachi: Bir yilu sakkiz oy.

Emomali Rahmon: Bir yilu sakkiz oy? Nechta uying bor? Rostini ayt!

Bojxonachi: Uchta.

Emomali Rahmon: Nechta mashinang bor?

Bojxonachi: Bitta.

Emomali Rahmon: Bitta emas, to‘g‘risini ayt. Qo‘limda ma’lumotlar bor.

Bojxonachi: Ikkinchisi meniki emas. Bittasi mening nomimda.

Emomali Rahmon: Bittasi boshqa kishining nomida, bittasi esa sening nomingda. Mashinang necha pul turadi?

Bojxonachi: ... (sukunat)

Emomali Rahmon: Nechta xorijiy tilni bilasan?

Bojxonachi: Uch tilni bilaman.

Emomali Rahmon: Qaysi oliygohni bitirgansan?

Bojxonachi: Rossiya dipakademiyasini, Muhtaram janob...

Emomali Rahmon: Yolg‘on aytapsan, bitirmagansan.

Bojxonachi: Davlat xizmati... shunday, shunday.

Emomali Rahmon: Bitirmagansan, yolg‘on gapirma!

Bojxonachi: Ha, bitirmaganman, Muhtaram janob, sababi shundaki...

Emomali Rahmon: Savodsizliging uchun haydab yuborishgan. Nega davlat rahbarining farzandlari nomidan gapirasan? Yosh kadr ahvoliga qarang! Gunohing boshingdagi sochingdan ham ziyod. Tushundingmi? Qayerda ishlagan bo‘lsang, hamma joyda senga jazo berib, haydab yuborishgan. Seni qanday qilib ishga olishganiga hayronman. Hech kimga itoat qilmaysan. Hatto salom bermaysan! Nima, osmondan tushganmisan? Qonun nima va kim uchun? Gunohing yo‘qmi? Kamchiliging yo‘qmi?

Bojxonachi: Bor, bor.

Emomali Rahmon: Borasanda, arizangni yozasan, yo‘qolasan! Yoshsanda, bo‘lmasa kamida 15-yil qamoqda o‘tirarding.

Suhbat so‘ngida Rahmon amaldorga xorijga chiqarib yuborgan pullarini qaytarishni buyurdi.

Yangiliklar lentasi
0