TOShKENT, 22-may – Sputnik. Qirg‘iz-tojik chegarasida joylashgan Kara-Bak qishlog‘ida mahalliy aholi to‘plandi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston muxbiri voqea joyidan xabar qildi.
Qirg‘izistonliklar talabni 21-may kuni ma’lum qilishdi.
Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, ular vafot etgan hamqishlog‘ini daft etish uchun qabristonga o‘tishmoqchi bo‘lganda tojik chegarachilar ularni qo‘yishmadi.
Oxir-oqibat bu masala ikki tomonlama muzokara orqali hal etildi.
“Tojik chegarachilar yaqinlari dafn etilgan qabristonga borish uchun qo‘yishmayotganidan qishloq aholisi norozi. Odamlar qirg‘iz chegarachilari bu hududni qo‘riqlashini talab qilmoqda. Hozir muzokaralar olib borilmoqda”, - dedi qishloq raisi Karimberdi Kalambekov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda yuzga yaqin odam yig‘ildi.