Qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar berildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSolnechnaya elektrostansiya
Solnechnaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev "Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.

TOShKENT, 22-may – Sputnik. O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaruvchilarga qator imtiyozlar berildi. Tegishli qonun prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar qilindi.

Qonunga muvofiq, qayta tiklanuvchi energiya manbalari atrof-muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasidir.

Linii elektroperedach (LEP) - Sputnik O‘zbekiston
Qanday qilib elektr ishlab chiqarishni 2 baravar oshirish mumkin

Energetika vazirligi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Sohada qurilmalarni ishlab chiqarish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy hamda innovatsion jihatdan ta’minlash davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar quyidagilardan ozod etiladi:

•    qurilmalarni (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan)  o‘rnatganlik uchun o‘n yil muddatga mol-mulk solig‘ini to‘lashdan hamda ushbu qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan;
•    davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran besh yil muddatga soliqning barcha turlaridan.

Amaldagi energetika resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan yashash uchun mo‘ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar uch yil muddatga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan, yer solig‘idan ozod etiladi.

Avvalroq energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev O‘zbekiston 2030-yilga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarishni 2 baravarga oshirishni rejalashtirganini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0