TIV: Xitoyda qamoqqa olingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Shanxay
Goroda mira. Shanxay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyda mamlakat qonunchiligini buzganlik uchun hibsga olingan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi.

TOShKENT, 22-may – Sputnik. Xitoyda mamlakat qonunchiligini buzganlik uchun hibsga olingan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda TIV xabar qildi.

O‘zbekistonning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi X.Mahkamov 2019-yilning 17-may kuni Xitoydan uchib ketgan.

Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgdagi ommaviy mushtlashuvda to‘rt nafar o‘zbekistonlik pichoqlandi

Xabarda qayd etilishicha, ilgari u Chanchjou (Szansu provinsiyasi) politsiyasi tomonidan qo‘lga olinib, mamlakatga kirish va chiqish tartibi to‘g‘risidagi qonunni buzganligi – muddati o‘tgan viza bilan Xitoy hududida bo‘lib turgani uchun qamoqqa olingan edi.

“Bosh konsulxona masalaga aralashuvi natijasida Xitoy tomoni hukumat idoralari uni vataniga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston TIV fuqarolarga muhim ogohlantirish bilan chiqqan edi.

Yangiliklar lentasi
0