Suriyada terrorchilar Rossiya aviabazasiga hujum qildi

Obuna bo‘lish
Terrorchilar Rossiya Xmeymim aviabazasi tomon 17 ta raketa uchirdi.

TOShKENT, 22-may – Sputnik. Terrorchilar Rossiya Xmeymim aviabazasi tomon 17 ta raketa uchirdi.  Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Rossiyskaya boyevaya aviatsiya na aerodrome Xmeymim v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Terrorchi jangarilar Suriyadagi Rossiya aviabazasiga hujum qildi

“Jangarilar tomonidan otilgan 8 ta raketa aviabazasigacha yetib bormadi, qolgan 9 ta raketa Rossiyaning havo hujumiga qarshi tizimi yordamida yo‘q qilindi”, - deb ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, Idlibda Suriya hukumat qo‘shinlari bilan birgalikda jangarilarning ikkita hujum qaytarildi. Hujumda 200 nafar terrorchi, 4 ta harbiy texnika va 4 ta pikap mashinalari ishtirok etgan.

Xmeymim aviabazasiga hujumlar

So‘ngi bir necha kun davomida bu ikkinchi hujum. Dushanba kuni “Jabhat an-Nusra”* tashkiloti terrorchilari Xmeymim Rossiya aviabazasiga raketa zarbasini bergan.

Aviabaza tomon jami 6 ta raketa otildi, lekin ular aviabaza havo mudofaa tizimidan o‘ta olmadi. 

Rossiyalik mutaxassislar terrorchilar raketa otish nuqtalari Kafer-Noblda joylashganini aniqladi. Ular havo kosmik kuchlari zarbalari bilan yo‘q qilindi.

Shu bilan birga, ikkita uchuvchisiz apparat urib tushirildi.

Idlib provinsiyasi jangarilar tayanch nuqtasi bo‘lib qolmoqda. Bashar Asadning qo‘shinlari uni deyarli nazorat qilmayapti.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0