Terrorchi jangarilar Suriyadagi Rossiya aviabazasiga hujum qildi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishRossiyskaya boyevaya aviatsiya na aerodrome "Xmeymim" v Sirii
Rossiyskaya boyevaya aviatsiya na aerodrome Xmeymim v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jangarilar Suriyadagi Rossiya Xmeymim aviabazasiga hujum qildi.

TOShKENT, 7-may – Sputnik. Jangarilar bir sutka ichida ikki marta raketalar bilan Suriyadagi Rossiya Xmeymim aviabazasiga zarba berdi.

Rossiyskie voyennie unichtojili uslovnix terroristov v gorax Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiylari Tojikiston tog‘larida “jangarilar”ni yo‘q qildi

Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining vakili Viktor Kupchishin brifingda ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, raketa zarbalari sharqiy tomondan ertalab va kech payt amalga oshirildi. Bu hudud “Jabhat an-Nusra”* terrorchi guruhi tomonidan nazorat qilinadi.

“Aviabaza tomon jami 36 ta raketa uchirilgan. Jangarilar zarbalarni “pilotsiz” qurilmalar yordamida boshqarishgan”, - dedi Kupchishin.

Havoga qarshi mudofaa tizimi hujumni qaytardi. Hujum oqibatida aviabaza harbiylari orasida yaralangan yo‘q.

Rossiya havo kuchlari terrorchilarning barcha raketa otish nuqtalarini yo‘q qildi.

Ta’kidlanishicha, Rossiya harbiylariga Suriya armiyasi yordam berdi.

Bundan tashqari, Idlib hududida vaziyat keskin yomonlashdi. Bir sutka ichida jangarilar Xama, Latakiya va Idlib provinsiyasini artilleriya yordamida o‘qqa tutdi. Ayrim aholi punktlariga bir necha marta zarba berildi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0