O‘zbekistonliklar xorijiy avtomobillarga qancha pul sarflagani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishAvtomobil Land Rover Discavery
Avtomobil Land Rover Discavery - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 2,1 baravar ko‘p.

TOShKENT, 21-may - Sputnik. Joriy yilning dastlabki to‘rt oyi davomida yengil avtomobillar importi 136,8 mln dollardan oshdi. Bu Davlat statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarda keltirib o‘tilgan.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 2,1 baravar ko‘p. Taqqoslash uchun: 2018-yil davomida yengil avtomobillar importi 319 million dollarni tashkil etgandi.

Avtomobil Hyundai Solaris - Sputnik O‘zbekiston
Xorijiy avtomobillar importi 2 baravar oshdi

Yanvar-mart oylarida mamlakatga 106,4 mln dollarlik avtomobillar import qilingandi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 2,2 baravar ko‘p edi. 

Chet el avtomobillari importining o‘sishi aynan yanvar oyida qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish yengillashtirilgani bilan bog‘liq. Agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va ishlab chiqarilgan sanasidan ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, unda unga nol stavkali boj va 20% aksiz solig‘i qo‘llaniladi.

Yangiliklar lentasi
0