TOShKENT, 21-may - Sputnik. 2019 yilning birinchi choragida O‘zbekistonga xorijiy avtomobillar importi hajmi 2,1 baravar oshdi, deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qo‘mitasi.
Xususan, 2019-yilning yanvar - aprel oylarida O‘zbekistonda 136,8 mln. dollarlik avtomobillar import qilingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 baravar ko‘p. ($ 68,4 mln.) Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2018 yil davomida O‘zbekistonga jami 319 million dollarlik xorijiy avtomobillar olib kelingan edi.
Xorijiy avtombillar importi tez suratlarda o‘sishiga, albatta, O‘zbekiston qonunchiligida 2019-yil boshidan kuchga kirgan o‘zgarshlar sabab bo‘lgan.
Xususan, 2018-yil 29-iyunida qabul qilingan 3818 – sonli prezident qaroriga asosan, narxi 40 ming $ dan qimmat bo‘lgan va ishlab chiqarilganiga 2-yildan ko‘p vaqt o‘tmagan avtomobillar O‘zbekistonga import qilinganda, ular uchun 20 % aksiz solig‘i to‘lanadi.