TOShKENT, 21-may – Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati “Keles” temir yo‘l chegara bojxona postida tatuirovkani o‘chirish vositalari va tirik zuluklar aniqlangani haqida xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, fuqaro S.K.ning qing‘ir qilmishlariga Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yul chegara bojxona posti xodimlari tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yildi.
Yo‘lovchi poyezdi orqali respublikaga kirib kelar ekan, ushbu shaxs umumiy qiymati salkam 42 million so‘mni tashkil qiluvchi 10 dona tatuirovkani o‘chirish vositasi va 7350 dona tirik zuluklarni bojxona nazoratidan yashirib, olib o‘tishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.