Xorazm viloyatida obunadan tushgan mablag‘lar talon-toroj qilindi

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sum
Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017-2018 yillarda obunachilar tomonidan to‘langan 1,3 mlrd. so‘m pul mablag‘laridan 562,3 mln. so‘mi talon-toroj qilganligi aniqlandi.

TOShKENT, 21-may – Sputnik.  Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan “Matbuot tarqatuvchi” AK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshirish o‘tkazildi.

Xabarda aytilishicha, tekshirishda “Matbuot tarqatuvchi” AK Xorazm viloyati sho‘’ba korxonasi direktori O.K. 2017-2018 yillarda obunachilar tomonidan to‘langan 1,3 mlrd. so‘m pul mablag‘laridan 562,3 mln. so‘mini o‘g‘li A.K. va qarindoshi S.Sh.ga qarashli “U.Z.” MChJga o‘tkazib talon-toroj qilganligi aniqlandi.

Ya pomogal bednim: Axmadbay prerval dolgoe molchanie - Sputnik O‘zbekiston
Fuqarolar pulni o‘z xohishi bilan olib kelgan. Ularni hech kim majburlamagan – Ahmadboy

“Ushbu pul mablag‘lari evaziga “Kaptiva”, “Lasetti”, “Neksiya” rusumli avtomashinalarni hamda sho‘’ba korxona negizida tashkil etilgan Hazorasp bosmaxonasi balansida bo‘lgan haqiqiy bahosi 750,0 mln. so‘mlik bino va inshootlarni 16,7 mln. so‘mga sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirganligi aniqlangan”, - deyilgan xabarda.

Tekshiruv davomida yetkazilgan zarardan 562,0 mln. so‘mi undirilishi ta’minlangan.

Xuddi shunday, “Matbuot tarqatuvchi” AK Xonqa filiali rahbari M.R. ham 2018-yilda obunachilar tomonidan to‘langan 365,5 mln. so‘m pul mablag‘laridan 214,0 mln. so‘mini qarindoshi Sh.A.ga tegishli bo‘lgan “A.S.” XKga o‘tkazib talon-toroj qilib, ushbu pul mablag‘lari evaziga Urganch shahridan turmush o‘rtog‘i A.A. nomiga uy sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O.K. va M.R.larga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0