Tojikistonda barcha yirik qidiruv saytlari blokirovka qilindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishZadumchivaya jenshina
Zadumchivaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Hukumat butun mamlakat bo‘ylab qidiruv saytlarni blokirovka qilish haqida qarorni qabul qildi”, - deb ma’lum qilindi Tcell, "Bilayn" va "Megafon" kompaniyalarda.

TOShKENT, 21-may – Sputnik. Tojikiston dushanba kunidan boshlab barcha yirik qidiruv saytlarga kirish imkoni chekladi. Buni RIA Novostiga mamlakatda faoliyat ko‘rsatuvchi telekommunitsiya kompaniyalar tasdiqladi.

Oxranniy perimetr ispravitelnoy kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistondagi koloniyada isonga rahbarlik qilgan shaxslar ma’lum bo‘ldi

“Hukumat butun mamlakat bo‘ylab qidiruv saytlarni blokirovka qilish haqida qarorni qabul qildi”, - deb ma’lum qilindi Tcell, "Bilayn" va "Megafon" kompaniyalarda.

Prezident matbuot xizmatida hukumat tomonidan bunday qaror yoki farmoyish qabul qilinmaganini ma’lum qilindi. Vakolatli bo‘lgan idora - Aloqa xizmati esa izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Dushanbe yaqinidagi Vaxdat shahrida qattiq tartibli koloniyada mahbuslar ison ko‘tardi. Buning oqibatida uch nafar qo‘riqchi va 29 nafar mahbus o‘ldirildi. Koloniyada jami 1500 mahbus bo‘lgan.

Tojikiston IIV ma’lumotiga ko‘ra, ison “Islom davlati”* a’zolari tomonidan amalga oshirilgan. 25 nafar halok bo‘lgan mahbuslar terrorchilik tashkilotlarga aloqador bo‘lgani uchun qamalgan.

Ison bartaraf etildi, koloniya ish tartibi tiklandi, isonda ishtirok etgan 35 nafar mahbus qo‘lga olingan.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0