UMSga bir qancha imtiyozlar berildi

© Sputnik / Igor Russak / Mediabankka o‘tishApple iPhone 6 plus
Apple iPhone 6 plus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019−2021 yillarda “Universal Mobile Systems” MChJ (UMS)ni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

TOShKENT, 21-may – Sputnik. Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.

Shkolniki vo vremya peremeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Maktab o‘quvchilari uchun maxsus mobil aloqa dasturini ishlab chiqish taklif qilindi

Qarorga muvofiq:

- “UZINFOCOM”ning  ustav kapitalidagi davlat ulushi kamida 51 foizga oshiriladi;

- keyinchalik “UZINFOCOM”dagi davlat ulushi “Universal Mobile System” (UMS) ustav kapitalini ko‘paytirish hisobiga o‘tkaziladi.

“Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot doirasidagi idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha qarorlar ularni amalga oshirishning moliyaviy manbalarini aniq ko‘rsatgan holda qabul qilinadi.

UMS axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xaridlarning texnik topshiriqlarini faqat Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi bilan kelishgan holda amalga oshiradi.

Davlat organlariga “Elektron hukumat” tizimi doirasida o‘z ma’lumotlarini qayta ishlash markazlarini tashkil etish va qurish taqiqlanadi.

UMS o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida 2022-yil 1-yanvargacha chetdan olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

Telekommunikatsiya obyektlarini qurish uchun UMSga yer uchastkalari auksionsiz beriladi.

Yangiliklar lentasi
0