Xrolenko o‘zbek-belarus mashg‘ulotlari haqida: ko‘lam emas, voqeaning o‘zi muhim

© SputnikAleksandr Xrolenko, voyenniy obozrevatel
Aleksandr Xrolenko, voyenniy obozrevatel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangan viloyatining G‘urumsaroy poligonida O‘zbekiston – Belarus maxsus bo‘linmalari o‘rtasidagi hamkorlikdagi mashg‘ulotlarga start berildi. Sputnik sharhlovchisi Aleksandr Xrolenkoga ko‘ra, bu sobiq ittifoq mamlakatlarining xavfsizlik masalalarida kuchlarni birlashtirishidan darak beradi

O‘quv manyovrlari 27-mayga qadar davom etadi, tadbirlar davomida ikki mamlakat harbiy xizmatchilari taktik va amaliy harakatlar ustida ishlaydilar.

Podgotovka k ucheniyam Boyevoe sodrujestvo - 2019, s uchastiyem Uzbekistana i Belarusi.   - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Belarus maxsus bo‘linmalari jang amaliyoti o‘tkazadi

Harbiy ekspertning fikricha, ayni holatda bu mashg‘ulotlarning ko‘lami emas, balki bunday tadbirning o‘tkazilishi fakti muhim ahamiyatga ega. Chunki bu hamkorlik haqida darak beradigan stabil omildir.

Tadbir mamlakatda ilk marotaba o‘tkazilishi esa ikki mamlakat hamda sobiq ittifoq xalqlarining turli sohalarda kuchlarni birlashtirishga bo‘lgan muqarrar intilishlarini aks ettiradi. Ayni holatda Belarus va O‘zbekiston o‘rtadagi minglab kilometr masofa va qo‘shni mustaqil davlatlar chegaralari bilan ajralib turishlariga qaramay, ular bu tadbirni amalga oshirdilar.

"Bunday turdagi harbiy hamkorlik strategik xarakterga ega va istiqbolda rivojlanib boraveradi. Ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu mashg‘ulotlar qo‘shnilarga tahdid qilmaydi, balki butun sobiq ittifoq makonida xavfsizlik tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi", - dedi Xrolenko.

Ekspert Belarus delegatsiyasining kelishi munosabati bilan uyushtirilgan tantanali qabul davlatlar hamkorligi o‘zgacha strategik darajaga egaligidan dalolat berishini qayd etib o‘tdi.

Aprel oyi oxirida Qozog‘iston poytaxtida MDH davlatlari harbiy oliy dargohlari assotsiatsiyasining ilk majlisi bo‘lib o‘tgan edi. Tadbirda yettita davlatdan 18ta oliygoh vakillari ishtirok etdilar, xususan Belarus va O‘zbekiston vakillari ham.

Umumiy muvofiqlashtirish tizimini ishlab chiqish ishlari davom etmoqda. Bu boy berilgan aloqalarni tiklashning yana bir muhim yo‘nalishidir.

Ekspertning to‘liq izohini Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Xrolenko ob uzbeksko-belorusskix ucheniyax: vajen ne masshtab, a sam pretsedent
Yangiliklar lentasi
0