O‘zbekiston va Belarus maxsus bo‘linmalari jang amaliyoti o‘tkazadi

© MinoboroniPodgotovka k ucheniyam "Boyevoe sodrujestvo - 2019", s uchastiyem Uzbekistana i Belarusi.
Podgotovka k ucheniyam Boyevoe sodrujestvo - 2019, s uchastiyem Uzbekistana i Belarusi.   - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Belarus maxsus bo‘linmalari terrorizm, diniy ekstremizm hamda qurolli mojarolarga qarshi jang amaliyoti o‘tkazadi.

TOShKENT, 19-may – Sputnik. Sharqiy harbiy okrugning “G‘urumsaroy” dala-o‘quv maydonida “Jangovar hamdo‘stlik – 2019” o‘quv mashg‘ulotlari doirasida O‘zbekiston – Belarus maxsus bo‘linmalari birgalikda jang amaliyoti o‘tkazadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.   

Kecha, 18-may kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Mudofaa vazirligi ikki davlat vakillari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan mashg‘ulotlarning muayan paviloni, rejasi hamda tartibi xususida xabar qildi.

"Ushbu maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari davomida har ikki mamlakatning maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilari bugun dunyoning turli mintaqalarida avj olayotgan terrorizm, diniy ekstremizm hamda qurolli mojarolarga qarshi murakkab va zamonaviy jang amaliyotlarini hamkorlikda qo‘llay olishini namoyish etadi", – dedi podpolkovnik Laziz Usmonov.

Tadbir davomida Belarus harbiy xizmatchilari O‘zbekiston madaniy merosi, go‘zal tabiati, tarixiy obidalari bilan tanishish tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0