Suriyadagi Rossiya harbiy bazasiga raketa zarbasi berildi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishRossiyskaya boyevaya aviatsiya na aerodrome
Rossiyskaya boyevaya aviatsiya na aerodrome - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Jabhat an-Nusra”* tashkiloti terrorchilari Xmeymim Rossiya aviabazasiga raketa hujumini amalga oshirishdi.

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Terrorchilar raketalar yordamida Suriyadagi Rossiya harbiy bazasiga hujum qilishdi.

Rossiyskaya boyevaya aviatsiya na aerodrome Xmeymim v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Terrorchi jangarilar Suriyadagi Rossiya aviabazasiga hujum qildi

Rossiya mudofaa vazirligi xabarida aytilishicha, “Jabhat an-Nusra”* tashkiloti terrorchilari Xmeymim Rossiya aviabazasiga raketa hujumini amalga oshirishdi.

Ushbu terrorchilik guruhi Idlib hududida provakatsiya qilish va o‘qqa tutishni davom ettirmoqda.

Aviabaza tomon jami 6 ta raketa otildi, lekin ular aviabaza havo mudofaa tizimidan o‘ta olmadi. 

Rossiyalik mutaxassislar terrorchilar raketa otish  nuqtalari Kafer-Noblda joylashganini aniqladi. Ular havo kosmik kuchlari zarbalari bilan yo‘q qilindi. Shuningdek, ikkita uchuvchisiz apparat urib tushirildi.

Ayollarni 19-martalab erga berishmoqda: Suriyada 6-yil yashagan qozog‘istonlik ayol hikoyasi

Idlib provinsiyasi jangarilar tayanch nuqtasi bo‘lib qolmoqda. Bashar Asadning qo‘shinlari uni deyarli nazorat qilmayapti.

Eslatib o‘tamiz,  may oyi boshida Suriyadagi Rossiya aviabazasiga hujum uyushtirishgandi. Unda jangarilar bir sutka ichida ikki marta Suriyadagi Rossiya Xmeymim aviabazasiga hujum qilishgandi.

Aviabaza tomon jami 36 ta raketa uchirilgan. Jangarilar zarbalarni uchuvchisiz apparatlar yordamida boshqarishgan.

Havoga qarshi mudofaa tizimi terrorchilar hujumini qaytargandi. Rossiya havo kuchlari terrorchilarning barcha raketa otish nuqtalarini yo‘q qildi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0