Birinchi iyundan tabiiy gaz va elektr energiyasining narxi oshadi

© Sputnik / StringerZajjenie gazovoy konforki
Zajjenie gazovoy konforki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab tabiiy gaz va elektr energiyasining narxi oshadi.

TOShKENT, 20-may – Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yil 1-iyundan boshlab tabiiy gaz va elektr energiyasining narxi oshadi. Narx O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 897-sonli qaroriga muvofiq oshiriladi.

Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda gaz, svet va benzin narxi oshiriladi

Tabiiy gazning ( 1 m³ uchun) narxi:

- hisoblash asboblari bo‘lganida aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun — 350 so‘m;

- hisoblash asboblari bo‘lmagan holda aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:

- ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun — 605 so‘m;

- isitish tizimi uchun — 350 so‘mdan hisoblanadi.

Elektr energiyasining narxi (1 kVt soati uchun):

I va II guruhdagi iste’molchilar uchun — 370 so‘m;

III guruhdagi iste’molchilar uchun — 280 so‘m;

IV guruhdagi iste’molchilar uchun — 392 so‘m etib belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, qaror bilan 2018-2019 yillarda tariflar va narxlar o‘zgarishi grafigi tasdiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0