AQSh harbiy suv osti kemasida jinsiy janjal yuz berdi

© Foto : U.S. Navy / Lynn FriantSubmarina USS Florida VMS SShA
Submarina USS Florida VMS SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh suv osti kemasida harbiy ayollar bilan bog‘liq mojaro yuz berdi.

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Military.com nashri AQSh harbiy dengiz kuchlariga qarashli bo‘lgan USS Florida suv osti kemasida yuz bergan mojaro tafsilotlarini ochiqladi. RIA Novosti xabariga asosan.

Britanskaya submarina - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya atom suv osti kemasi harbiylari kokain uchun qo‘lga olindi - OAV

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yilning iyun oyida kema kapitanining yordamisi Gregori Kercher suv osti kemada kimdir ekipaj a’zolari qayd etilgan ikkita ro‘yxat tuzilgani haqida rahbariyatga ma’lum qildi.

Ro‘yxatda USS Florida kemasida bo‘lgan ayol harbiylari qarshisida “yulduzcha” shaklida baholar qo‘yilgan. Boshqa ro‘yxatda esa ayol ekipaj a’zolarini baholovchi jinsiy mazmundagi izohlar yozilgan.

Bu ro‘yxatlar haqida xabar dengiz osti kema ekipaji orasida tez tarqaldi. Undan keyin ayollar o‘z xavfsizligi haqida xavotirlana boshladilar.

Kercher ro‘yxat muallifini aniqlashga harakat qiladi, ammo rasmiy surishtiruv boshlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

AQSh harbiy dengiz kuchlari rahbariyatiga bu haqda xabarlar yetib borgach, Kercher is’tefoga chiqarildi. Keyinchalik bir nechta ekipaj a’zolari intizomiy jazoga tortildi.

USS Florida kemasi - AQSh harbiy dengiz kuchlariga ayol harbiylar xizmat qiladigan ikkinchi suv osti kemasi hisoblanadi. Mojaro boshlanganda 173 nafar ekipaj a’zolaridan 32 nafari ayol bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0