Britaniya atom suv osti kemasi harbiylari kokain uchun qo‘lga olindi - OAV

© BEN STANSALL / AFPBritanskaya submarina
Britanskaya submarina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britaniyaning HMS Talent suv osti kemasi yetti nafar harbiy xizmatchilari kokain iste’mol qilgani uchun xizmatdan chetlashtirildi.

TOShKENT, 15 apr – Sputnik. Britaniyaning HMS Talent suv osti kemasi yetti nafar harbiy xizmatchilari kokain iste’mol qilgani uchun operatsiyadan chetlashtirildi.

Bu haqda RIA Novosti Daily Mail nashriga asosan xabar qildi.

Internet orqali tanishuv tobora xatarli bo‘lmoqda – Britaniya OAVlari

Britaniya harbiylari Shimoliy dengida Rossiya suv kemalarini kuzatish bo‘yicha operatsiya o‘tkazishni rejalashtirishgan.  

Ta’kidlanishicha, suv osti kemasi Devonportga kelgandan so‘ng, kema ekipaji kechki bazmdan so‘ng narkotiklarga testdan o‘ta olishmadi.

Sinov natijalari harbiy politsiyaga yuborildi. Shundan keyin HMS Talent kemasi portdan chiqishi qoldirildi.

Daily Mail nashri yozishicha, bu atom suv kemasiga to‘laqonli ekipaj zarur.

HMS Talent (S 92) atom suv kemasi – Buyuk Britaniya Trafalgar yettita suv osti kemasi toifasiga kiruvchi oltinchi kema hisoblanadi. 1990-yilda suv osti kemasidan foydalanish boshlangan. Kemada Tomahawk qanotli raketalarini olib yurish mo‘ljallangan.

Britaniya flotida bu kabi mojaro 2017-yilda ham bo‘lgan. O‘sha vaqtda HMS Vigilant atom suv osti kemasida narkotik moddalarni is’temol qilgan to‘qqiz nafar harbiylar xizmatdan bo‘shatilgan.

Yangiliklar lentasi
0