Saudiya qiroli arab davlatlari favqulodda majlisini chaqirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPeregovori prezidenta RF V. Putina s korolem Saudovskoy Aravii S. Al-Saudom
Peregovori prezidenta RF V. Putina s korolem Saudovskoy Aravii S. Al-Saudom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Makkada 30-iyun kuni Arab davlatlari rahbarlarini favqulodda majlisi hamda Islom hamkorligi Tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Saudiya Arabistoni qiroli Salman al-Saud arab davlatlari yetakchilarini favqulodda majlisga  chaqirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Ikki muqaddas dargoh asrovchisi (Saudiya podshohining rasmiy unvoni) o‘zining Arab davlatlari Ligasi hamda Fors ko‘rfazi hamkorlik Kengashidagi aka-ukalarini 30-iyun kuni Makkada ikki favqulodda sammit o‘tkazish uchun taklif qildi”, - deyilgan xabarda.

Ushbu chaqiriq, avvalombor, Arab davlatlari Ligasi va Fors ko‘rfazi hamkorlik Kengashi bo‘lgan davlatlari rahbarlariga qaratilgan, lekin aynan shu kunlarda Makkada Islom hamkorligi Tashkiloti a’zolari uchrashuvi ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ucheniya MChS  - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni neft quvuriga uchuvchisiz apparatlar hujum qildi

Saudiya tashqi ishlar vaziri Odil al-Djubayr aytishiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni urush bo‘lishini istamaydi, lekin ikkinchi tomon urushni tanlasa “bor kuch va g‘ayrati bilan javob beradi”.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Fors ko‘rfazida, noma’lum shaxslar tomonidan, Saudiya Arabistoniga tegishli bo‘lgan tankerlar  va neft quvurlariga qarshi hujum uyushtirilgan edi. AQSh maxsus xizmatlari xabariga ko‘ra, ushbu hujumlar Tehronga xayrixoh bo‘lgan kuchlar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0