Saudiya Arabistoni neft quvuriga uchuvchisiz apparatlar hujum qildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishUcheniya MChS
Ucheniya MChS  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Portlovchi moddalar yuklangan dronlar hujumi oqibatida, neft qazib olish stansiyasida yong‘in chiqdi.

TOShKENT, 14-maya – Sputnik. Saudiya Arabistonidagi “Sharq – G‘arb” neft quvurining ikkita nasos stansiyasiga dronlar hujum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Saudiya energetika vaziri Xalid al-Falixga asosan.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Fors ko‘rfazidagi provokatsiyani keskin qoraladi

Vazir so‘zlariga ko‘ra, voqea seshanba kuni tong soat 06:00 – 6:30 orasida sodir bo‘lgan. Neft quvuriga portlovchi moddalar yuklangan dronlar hujum qilgan. Oqibatda 8 stansiyada yong‘in sodir bo‘lgan, lekin uni tezda o‘chirilgan.

Hujum uyushtirilgan neft quvuri mamlakat Sharqiy hududidan G‘arbiy qismida joylashgan portlarga xom-ashyo yetkazib beradi.

Saudiya Arabistoni hukumatiga qarashli bo‘lgan Aramco neft kompaniyasi ushbu hujumni “qo‘rqoqlarcha malga oshirilgan terakt va diversiya” deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, shiya qo‘zg‘olonchilariga qarashli bo‘lgan "Ansar Alla" guruhi bugun ertalab Saudiya Arabistoni hududida bir necha obyektlarga hujum uyushtirishni rejalashtirayotganini xabar qilgan edi. Ulan Yaman hududidan turib Saudiyaning muhim infratuzilma obyektlariga zarba berishni rejalashtirgan. Ular aytishiga qaraganda, hujumlar Saudiya “zo‘ravonlik va blokadani bas qilmaguniga” qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0