"Bu bizning iqlimga zid": o‘zbek deputatlari kunduz kuni yoqilayotgan mashina chiroqlari haqida

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishTransportnaya razvazka
Transportnaya razvazka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis deputatlari hukumatga avtomobillarning kunduzi chiroq yoqib yurishi shartligi haqidagi qoidani bekor qilish bo‘yicha taklif kiritdi

TOShKENT, 18-may - Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Rasul Kusherbayev, Abdurashid Qodirov va Jamshid Pirmatov O‘zbekistonda avtomototransport vositalari chiroqlarni yoqib harakatlanishi shartligi haqidagi qoidani bekor qilish yuzasidan murojaat bilan chiqdi.

Avtomobili Ravon - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarilishi hajmi ortdi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra aprel oyida yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritilgan edi.

Unga ko‘ra, jumladan, kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi belgilandi. Aynan ushbu kiritilgan o‘zgartirish ko‘pchilik fuqarolar tomonidan norozilik bilan qarshi olinib, bunday o‘zgartish kiritishga asoslar yetarli emasligi, transport vositalarining bugungi kundagi texnik holati mos kelmayotganligi kabi e’tirozli fikrlar bildirilmoqda. Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga ham saylovchilar tomonidan shu mazmundagi ko‘plab murojaatlar qilinmoqda.

Deputatlar fikriga ko‘ra, O‘zbekiston sharoitida bunday qarorni qabul qilishda bir qator o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olinmagan. Jumladan, O‘zbekistonda yil davomida sutkaning asosiy qismi yorug‘ vaqtga to‘g‘ri kelishi sababli piyodalar va yo‘lovchilarning harakatlanishida inson ko‘zining atrofni to‘liq ilg‘ab olishi uchun quyosh yorug‘ligining yetarli ekanligi.

Ikkinchidan, mamlakatda yil davomida kunlarning asosiy qismi issiq, yog‘ingarchilik kam, tuman va havo kam bulutli mintaqa ekanligi inobat olinmagan. Masalan, Moldovada bunday tartib faqat qish mavsumida amalga kiritilgan va tartibni buzganlik uchun jarima choralari qo‘llanilmaydi.

Proverka dokumentov sotrudnikami GIBDD v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimi joriy etiladi

Uchinchidan, kunduz kunlari, shu jumladan yoz faslida haroratning o‘ta yuqori vaqtida ham chiroqlarning yoqib yurilishiga eski rusumdagi avtomobillarning mos holda ishlab chiqarilmaganligi.

Mazkur masalada Yevropa mamlakatlari tajribasiga tayanilsa, ularda bunday tartib 2011-yildan amalga kiritilgan bo‘lib, barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilarga yangi avtomobillar uchun kunduzgi avtomatik yonuvchi chiroqlarni o‘rnatishi shartligi belgilangan. 2011-yilgacha ishlab chiqarilgan, avtomatik chiroqlari yonmaydigan avtomobil egalariga esa majburiy chiroqlarni yoqib yurish tartibi yo‘q.

Shundan kelib chiqib, mamlakatdagi avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki chetdan avtomobil olib kiruvchilarga ham chiroqlarning avtomatik ravishda yonib turishini ta’minlovchi faralar bilan jixozlash majburiyatini yuklash zarur bo‘ladi.

To‘rtinchidan, so‘ngi yillardagi amaliyotga mos ravishda ijtimoiy ahamiyatga ega muhim normativ huquqiy hujjatlar keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi va bildirilgan takliflar asosida takomillashtirilib, shunga mos ravishda ko‘rib chiqish bo‘yicha huquqiy asos va amaliyot bo‘lishiga qaramasdan hujjatda jamoatchilik fikri inobatga olinmagan.

Beshinchidan, 2016 yil sentabr oyiga qadar amalda bo‘lgan Yo‘l xarakat qoidalarining 138-bandidan kelib chiqib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga "tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik" uchun eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima belgilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahriridagi dispozitsiyasi deputatlar tomonidan ma’qullanib, qonun qabul qilingan edi.

Biroq, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Yo‘l harakati qoidalarining 138-bandiga kiritilgan «Kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart» degan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonunining tegishli qismi konsepsiyasiga mos kelmaydi.

Parkovka dlya invalidov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qanday holatlarda transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtiriladi?

Oltinchidan, ushbu tartibga rioya etmaslik oqibatida to‘lanishi kerak bo‘lgan jarima miqdorlari o‘rtacha oylik ish haqlariga nisbatan Italiyada 85-marta, Latviyada 146-marta, Sloveniya 56-marta, Finlyandiya 82-marta kamni tashkil etadi. Bizda esa belgilangan jarima miqdori o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 16-17 marta kamni tashkil etmoqda.

"Ushbu asoslardan kelib chiqqan holda biz bir guruh deputatlar Vazirlar Mahkamasi hamda Ichki ishlar vazirligiga Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi №292-sonli qarori bilan yo‘l harakati qoidalariga «kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart»ligi bo‘yicha kiritilgan o‘zgartirishni bekor qilish yoki jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda takomiliga yetkazish, shu jumladan, bunday qoidabuzarlik uchun jarima belgilamaslik masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif kiritdik.

Umid qilamizki, tez kunlarda mazkur masala o‘zining ijobiy yechimini topadi", - deyiladi murojaatda

Yangiliklar lentasi
0