Kamilov: O‘zbekiston terrorizm muammosiga qarshi birgalikda kurashga chorlaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kamilovga ko‘ra, tobora chigallashib borayotgan terrorizm muammosi O‘zbekistondan, mintaqa mamlakatlari va xalqaro sheriklardan birgalikda kurashishning ta’sirchan choralarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni talab qilmoqda

TOShKENT, 18-may - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston hukumati, BMT va Yevropa Ittifoqi tomonidan tashkillashtirilgan "Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov i glava MID Tadjikistana Sirodjiddin Aslov - Sputnik O‘zbekiston
Aslov: terrorizmni yo‘q qilish Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi

Kamilov o‘z nutqida terroristik faoliyatni moliyalashtirish maqsadida narkotiklarning noqonuniy aylanishi va terrorizm, jumladan pullarni yuvish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning o‘sib borayotganiga alohida urg‘u berilgan Giyohvand moddalarni nazorat qilish borasidagi mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi ishtirokchi davlatlarining may oyi boshida Toshkent shahrida o‘tkazilgan 11-uchrashuvi yakunlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

"O‘zbekiston terrorizm va ekstrimizmga qarshi turish bo‘yicha 14 ta xalqaro konvensiya va protokollarni ratifikatsiya qilgan va ularning mas’uliyatli qatnashchisi bo‘lib qolmoqda, Respublika terrorizmga qarshi kurashish, xususan uni moliyaviy ta’minlash manbalarini yo‘q qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rmoqda. Biz BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, Kontrterroristik boshqarmasi va Xavfsizlik Kengashining tegishli qo‘mitalari bilan terroristlarning harakatlanish kanallarini to‘sish va aktivlarini muzlatish borasidagi amaliy choralarni ro‘yobga chiqarish doirasida yaqin hamkorlik qilmoqdamiz" – dedi Abdulaziz Kamilov.

Semen Bagdasarov. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston
Bagdasarov: Karimovning terrorizmga qarshi kurash metodlari favqulodda samarali edi

TIV rahbariga ko‘ra, tobora chigallashib borayotgan terrorizm muammosi O‘zbekistondan, mintaqa mamlakatlari va xalqaro sheriklardan terroristik faoliyatni moliyalashtirish va uni qo‘llab-quvvatlashning boshqa yo‘llariga qarshi birgalikda kurashishning ta’sirchan choralarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni talab qilmoqda.

Yuqori darajali xalqaro konferensiya ishida Markaziy Osiyo davlatlari, mintaqaga chegaradosh mamlakatlar, Osiyo va Yevropa davlarlari, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar vakillari ishtirok etib, uning yakunlariga ko‘ra Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0