TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Men (Islom) Karimovning muxlisi edim. Uning terrorizmga qarshi kurash usullari favqulodda samarali edi, deb ta’kidladi Sputnik O‘zbekiston nashriga siyosatshunos, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarini o‘rganish markazi rahbari Semen Bagdasarov.
Suhbatdosh O‘zbekistonning hozirgi rahbariyati Karimov olib borgan yo‘ldan og‘ishmasligiga umid bildirdi.
"O‘zbekistonning hozirgi rahbariyati Tojikiston, Qirg‘iziston bilan munosabatlarni normallashtirmoqda. Axir u yerdagi chegaralarda yaqin vaqtlargacha minalar qo‘yilgan edi".
Ekspert munosabatlarning yaxshilanishi Afg‘oniston hududi tomonidan bostirib kirishlarga yordam berishi mumkinligini ta’kidladi.