Rossiya – O‘zbekiston: iqtisodiy o‘sishning umumiy vektorlari

© Press-slujba Minoboroni RossiiFlagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Postsovet tadqiqotlari markazi sektor mudiri (IMEMO RAN) Yelena Kuzmina - Sputnik O‘zbekiston uchun.

Rossiya-O‘zbekiston iqtisodiy munosabatlari doimo samarali va o‘zaro manfaatli bo‘lib kelgan. Toshkent o‘zoq yillardan buyon MDH mamlakatlari orasida Rossiyaning to‘rtinchi savdo sherigi hisoblanadi, bu O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmiga mos keladi.

O‘zbekistonda 2016-yil oxirida yangi taraqqiyot strategiyasi qabul qilingandan so‘ng, tomonlarning iqtisodiyotning turli sohalarida yanada faol o‘zaro hamkorligi boshlandi.

Ucheniya ODKB «Vzaimodeystvie-2018» - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ODKBga qaytadimi – harbiy ekspert fikri

Agar oldin yoqilg‘i-energetika sohasi hamkorlik ustuvor bo‘lgan bo‘lsa, endi bugun Moskva va Toshkent o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalari turli yo‘nalishlarda olib borilmoqda.

Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2018-yilda 9 mlrd dollarni tashkil qildi.

2018 yilda oktabrda birinchi mintaqalararo forum doirasida 800 ta umumiy qiymati 27 mlrd dollarlik savdo-investitsiya bitimlar va memorandumlar imzolandi.

Ulardan katta qismi – investitsiya bitimlari (20,8 mlrd dollar), yana 6,2 mlrd dollarlik savdo shartnomalaridir. O‘zbekistonda 79 ta yangi qo‘shma korxonalar, 23 ta savdo uylar va 20 ta logistika markazlari tashkil qilinadi.

Energetika

Eng yirik investitsiyalar hali ham O‘zbekiston neft va gaz sanoatida amalga oshiriladi.

Xususan, “Lukoyl” 15-yillik ish faoliyati davomida O‘zbekistonga 8 mlrd dollar investitsiya kiritdi va yaqin yillar ichida amaldagi loyihalarni rivojlantirish uchun 2 mlrd dollarni kiritadi. Mablag‘lar Gissar va Qandim konlarida qazish ishlari darajasini ushlab turishga yo‘naltiriladi.

Ucheniya ODKB v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
ODKB-2019 o‘quv mashg‘ulotlari Markaziy Osiyo xavfsizligini ta’minlashga qaratiladi - Putin

Ta’kidlab o‘tish kerakki, Rossiya kompaniyasi nafaqat geologiya-qidiruv va qazish ishlari bilan shug‘ullanadi, balki gazni qayta ishlash yo‘nalishida ish olib boradi. 2018-yil aprelda kompaniya Qandim gazni qayta ishlar majmuasini ishga tushirdi.

Rossiyaning boshqa kompaniyasi – “Gazprom” O‘zbekistonda 2006-yildan beri faoliyat olib boradi va O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika sohasiga 400 million dollardan ortiq mablag‘ni investitsiya qildi.

2018 yil oktabrida Gazprom International va O‘zbekiston Sharqiy Usturtdagi kon bo‘yicha 25-yillik muddatga bitim imzoladi. Bu loyiha “Gazprom” va “O‘zbekneftegaz” o‘rtasidagi 10-yillik munosabatlarining mantiqiy rivojlanishi bo‘ldi. Umumiy investitsiya hajmi 700 million dollar darajasida rejalashtirildi.

Uglevodorod va shinalar

Bugungi kunda O‘zbekiston uglevodorodlarni qayta ishlashga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Bu nafaqat eksport daromadlarini oshiradi, balki resurs harajatlarini qisqartiradi.

Ushbu sohada ham Rossiya kompaniyalar bilan kelishuvlar imzolandi.

Xususan, “Gazprombank” Sho‘rtan gaz kimyo korxonasida tozalangan metan bazasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishni yaratish loyihasini moliyalashtirdi, shu jumladan, Rossiyaning "Kriogenmash" kompaniyasi tomonidan havo tozalash qurilmalari eksport qilinishi uchun mablag‘ ajratdi.

Investitsiyalar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga kim va qancha investitsiya kiritadi

Toshkent xalqaro aeroportida havo kemalarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan zamonaviy yoqilg‘i quyish majmuasi qurilmoqda. Qurilish buyurtmachisi va kelgusida ekspluatatsiya qiluvchi Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi - Jizzakh Petroleum bo‘ldi.

O‘zbekiston hukumati Angrendagi rezinatexnika zavodini shina ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Rossiya “Tatneft” kompaniyasiga ishonarli boshqaruviga berdi.

Zavodni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturga muvofiq kompaniya mahsulotlarni ishlab chiqarish quvvatlar va nomenklaturani kengaytirish bilan shug‘ullanadi. Zavod ishchilari malaka oshirish uchun  “Tatneft” kompaniyalariga yuboriladi. Ishlab chiqarish kengayishi O‘zbekiston avto yirik korxonalari - GM Uzbekistan va Samarqand avtozavodlarini to‘liq shina bilan ta’minlashi zarur.

“Atom” kadrlari va metallurgiya

Hamkorlikning eng muhim yangi sohasi atom energetikasi bo‘ldi. 2018-yil sentabrda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida respublikada atom elektrostansiyani qurish to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolandi.

Rossiya loyihasi ikkita energobloklarni yaratishni ko‘zda tutadi. Birinchisi 2028-yil oxirigacha ekspluatatsiyaga kiritish rejalashtirilgan.

Osobennoe vnimanie rukovodstvo udelyayet podgotovke programm po obmenu studentami - Sputnik O‘zbekiston
Xorijning yetakchi universitetlari filiallarini ochish ham o‘ziga xos investitsiya - Mirziyoyev

AES qurish haqida bitim nafaqat loyihaning texnik va moliyaviy parametrlarini o‘z ichiga oladi, balki bo‘lajak stansiya uchun kadrlarni tayyorlash masalasini ham nazarda tutadi. Jumladan, respublikada Moskvaning muhandislik-fizika institutining filiali ochilishi haqida gap boradi.

Hozirgi vaqtda Moskva va Toshkent o‘rtasida tog‘-qon sanoati va metallurgiya tarmoqlarida hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi Tebinbuloq qon konida loyihani amalga oshirmoqda. Investitsiya hajmi 1,5 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Rossiyaning bir necha yetakchi kompaniyalari qurilayotgan Toshkent metallurgiya zavodiga uskunalarni yetkazib berishmoqda. "Uralkran", "Energoavangard", "Veza", "Promtreydimpeks", "Yujno-Uralskiy vesovoy zavod" va "Permglavsnab" korxonalari bilan shartnomalar imzolangan.

Rossiya "Tajmash" kompaniyasi Toshkent viloyatida Yoshlik-I konida mis qayta ishlash majmuasini qurish loyihasini amalga oshirmoqda. Bu birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalarning kichik bir qismidir.

Yog‘ochdan tortib mashinalargacha

Mamlakatlar agrosanoat, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi mashinasozlik va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirmoqda.

Iqtisodiy hamkorlikning o‘sishi sharoitida o‘zaro savdo ko‘rsatkichlar o‘sib bormoqda.

Dozimetricheskiy kontrol drevesini - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tomsk viloyatidan katta hajmda yog‘och import qildi

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida tashqi savdo hajmi 2018-yilda 20 foizga o‘sdi va 4,383 mlrd dollarni tashkil qildi.

Rossiya respublika olib kirgan asosiy tovarlar temir, po‘lat va ulardan tayyorlangan mahsulotlar, neft, yog‘och va undan tayyorlangan mahsulotlar, shuningdek mashinalar, mexanik qurilmalar.

O‘zbekiston Rossiyaga asosan paxta, to‘qimachilik mahsulotlar, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, meva-sabzavotlar import qilingan.

Migratsiyaning “yorug‘ tomoni”da

Tomonlar katta e’tibor qaratadigan yana bir muhim yo‘nalish - mehnat migratsiyasidir.

Rossiya IIVning ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda 4,5 million O‘zbekiston fuqarolari migratsiya hisobiga olingan.  Mehnat migrantlarining vataniga pul o‘tkazmalarining (faqatgina bank to‘lov tizimlari orqali) miqdori esa 4,08 mlrd dollarni tashkil qildi.

Rossiya va O‘zbekiston migratsiya oqimini tartibga solish, uni soyadan chiqarishga harakat qilmoqda.  

Direktor FSB Rossii Aleksandr Bortnikov - Sputnik O‘zbekiston
Bortnikov migratsiya oqimlari ustidan nazorat kuchaytirilgani haqida gapirdi

Bugungi kunda Rossiyaning qator viloyatlarida O‘zbekistondan mehnat migrantlarini sanoat obyektlari va qurilish loyihalariga rasmiy taklif qilish dasturlari amal qiladi.

Ushbu dasturlarning ko‘rsatkichlari O‘zbekiston viloyat hokimlari darajasida kelishilgan. Masalan, bunday bitim Sankt-Peterburg, Leningrad viloyati va Samarqand viloyati bilan amal qiladi.  

Umuman olganda, Rossiya - O‘zbekiston iqtisodiy munosabatlari respublika iqtisodiyotiga Rossiya investitsiyalarining sezilarli o‘sish, qo‘shma ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi sanoat sohalarini yaratish bilan tavsiflanadi.

Bundan tashqari,  yoqilg‘i-energetika sohasidagi hamkorlikning yuqori sur’atlari saqlanib qolmoqda, o‘zaro tashqi savdo o‘sib bormoqda va mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha tizimli vositalari yaratilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0